
Bu uchrashuvdan oldin Eron bilan durangdan so'ng biroz ranjigan janubiy koreyaliklarning Toshkentda bo'lib o'tadigan bahs haqidagi fikri bilan qiziqdik.
"Yonhapnews" nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, Realmeter Janubiy Koreyaning jahon chempionatiga chiqishi borasida so'rovnoma o'tkazgan va unda 501 kishi ishtirok etdi. Qatnashchilarning 66,2% Janubiy Koreya terma jamoasi to'qqizinchi marotaba jahon chempionatida ishtirok etishiga ishonishlarini bildirishdi.
So'rovnomada ishtirok etganlar orasida ko'proq erkaklar pozitiv fikrda ekanligi aniqlandi. Ularning 69% o'z sevimlilariga ishonishadi. Ayollarda esa bu ko'rsatkich 63,4%ni tashkil qildi.