Janubiy Koreya termasining sobiq futbolchisi 8 oyga qamaldi

Mirjalol Normatov
4 iyun 2023
Janubiy Koreya termasining sobiq futbolchisi Suk Xen Chjun armiyaga borishdan bo'yin tovlagani uchun 8 oyga qamaldi.

"Ayaks", "Portu" kabi jamoalarda harakat qilgan futbolchi 2019 yilda armiyaga tekshiruv jarayoniga bormagan, o'shanda u Fransiya chempionatida, "Reyms"da o'ynab yurgandi. Qamoq jazosi tayinlanganidan keyin futbolchining otasining aytishiga ko'ra, ukasi baribir armiyaga boradi, shunchaki, o'shanda muhim o'yinlar oldidan klub uni qo'yib yubormagan.

Ayni paytga qadar u Janubiy Koreya chempionati 4-divizionida faoliyat olib borayotgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal