"Portu" janubiy koreyalik hujumchini o'z safiga qo'shib oldi

Aslanov Jasurbek
15 yanv 2016, 13:14
Setubalning "Vitoriya" hujumchisi Suk Xen Chjun "Portu"ga o'tdi.

Ma'lum bo'lishicha, 24 yoshli janubiy koreyalik hujumchi "ajdarholar" bilan 2020 yilgacha shartnoma imzoladi. Bitimda futbolchining badal puli 30 mln. evro etib belgilandi. Ushbu transferning narxi e'lon qilinmayapti.

Chjun joriy mavsumda Portugaliya chempionatining 16 urashuvida 9 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FC Porto