Janubiy Koreya - O'zbekiston. O'yinni Osiyoning 2015 yildagi eng yaxshi hakami boshqaradi

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2016, 12:24
Bugun futbol bo'yicha U-23 Osiyo chempionatiga start beriladi. Xabaringiz bor, musobaqa Qatar poytaxti Doxa shahrida tashkil etiladi.

OFK rasmiy sayti bugun va ertaga bo'lib o'tadigan o'yinlarni boshqarib boruvchi hakamlar nomini ma'lum qildi. Unga ko'ra, "S" guruhining 1-turidan o'rin olgan Jaunbiy Koreya - O'zbekiston bahsini saudiyalik yosh hakamlardan biri Fahad Al Mirdasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Abdulloh Al Shalvai hamda Muhammad Maki Alabakri ko'mak berishadi. Zaxira hakami vazifasini esa iordaniyalik Adham Muhammad Makxamdeh bajaradi.

Fahad Al Mirdasi 2015 yil Osiyoning eng yaxshi hakami sifatida taqdirlangandi.

13 yanvar 2016. Doxa. "Suhayim bin Hamad" stadioni. 19:30 (Toshkent vaqti 21:30)
Janubiy Koreya - O'zbekiston
Bosh hakam:
Fahad Al Mirdasi (Saudiya Arabistoni)
Qanot hakamlari: Abdulloh Mutloq Al Shalvai va Muhammad Maki Alabakri (ikkisi Saudiya Arabistoni)
Zaxira hakami: Adham Muhammad Makxamdeh (Iordaniya)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia