

O'zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov o'ynayotgan "Gvangju" klubi safarda Javlon Ibrohimov faoliyat olib borayotgan "Suvon Siti"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.
Ashurmatov mazkur o'yinda 88 daqiqa harakat qildi. Ibrohimov esa bahsni zaxirada kuzatib bordi. "Gvangju" 16ta turdan so'ng 36 ochko to'plab musobaqa jadvalining birinchi pog'onasida bormoqda. "Suvon" esa 27 ochko bilan uchinchi o'rindan joy olgan.
Janubiy Koreya. K2 ligasi. 16-tur
"Suvon Siti" - "Gvangju" 0:2
Gollar: Park Xyung Sun 65 avtogol, Felipe 90+6.



