Janubiy Koreya bilan o'yinda 2200 nafar muxlis O'zbekistonni stadiondan qo'llab-quvvatlaydi

Narzulla Saydullayev
15 noya 2016, 08:20
Bugun bo'lib o'tadigan Janubiy Koreya - O'zbekiston bahsiga O'zbekistondan 200ga yaqin muxlislar tashrif buyurishadi.

Ularga Koreyaning "Clover Tour" kompaniyasi a'lo darajada xizmat ko'rsatmoqda. Bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00da "Seoul World Cup" stadionida vatanimizning birinchi raqamli jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun Janubiy Koreyaning barcha hududlaridan taxminan 2000 nafar o'zbek muxlislari kelishlari kutilmoqda.

Ishonamizki futbolchilarimiz barchamizni xursand qilishadi

Olg'a O'zbekiston!!!


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia