

"Men "Milan" muxlisi bo'lib tug'ilganman. Bu bitta o'yin natijasiga bog'liq bo'lmagan. "Milan"ning ajoyib mavsumlarini ko'rganman va bularda men ham ishtirok etishni orzu qilganman. Skudetto va YCHL g'olibi bo'lishni orzu qilganman.
To'g'ri, jamoa bilan birinchi davrada yaxshiroq natija ko'rsatishimiz mumkin edi. Biroq, bizga omad yetishmadi. Chempionlar Ligasiga yo'l olish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz", - deydi yosh posbon.


