

“Qur'a qanday tushganining u qadar katta farqi yo'q. Mavsumni “Olmaliq”qarshi o'yin bilan boshlaymiz. Keyin “Obod” va “Nasaf”ga qarshi bahslar kutmoqda. Deyarli 2016 yilgi ssenariy takrorlandi desak ham bo'ladi. Sababi yakunlangan mavsumni ham “Olmaliq” bilan boshlagandik. Ikkinchi turda “Nasaf”, uchinchi turda “Obod” bilan o'ynagandik. Qaysi raqib bilan qachon o'ynashning farqi yo'q.
19 dekabrdan Toshkentda yig'inni boshladik. 28 dekabrgacha shu yerda shug'ullanamiz. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazayapmiz. Yanvar oyidagi yig'inda o'rtoqlik uchrashuvlari rejalashtirilgan”, - deydi “Buxoro” bosh murabbiyi Jamshid Saidov.




