Jamoliddin Ubaydullaev: "Irodali g'alaba o'z kuchimizga ishonchni oshiradi"

Narzulla Saydullayev
26 sen 2016
“Metallurg” - “Buxoro” jamoalari uchrashuvi uchrashuvidan so'ng (1-2) mehmonlar vakili Jamoliddin Ubaydullaevning fikrlari bilan qiziqdik.
“Metallurg” joriy yilda juda ham yaxshi, natijabop o'yinlar ko'rsatib kelmoqda. Harholda uning turnir jadvalidagi o'rni ham jamoa saviyasi, darajasini anglatib turibdi.  

Ayniqsa, uchrashuvda birinchi bo'lib gol o'tkazganimizda vazifamiz yanada qiyinlashdi. Xayriyatki, ana shunday principial bahsda iroda ko'rsatib g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldik.  

Qolaversa, irodali g'alaba bizga o'z kuchimizga bo'lgan ishonchni yanada kuchaytirdi. Nasib etsa, kelgusi bahslarda ham g'alaba qozonib, muxlislarga shodlik ulashish, turnir jadvalidagi mavqeimizni yaxshilashga harakat qilamiz, - deydi Ubaydullaev.  

"Buxoro" matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia