Jamoliddin Ubaydullaev: “So'g'diyona” o'tgan yilgi mag'lubiyat uchun alam olmoqchi edi”

Narzulla Saydullayev
23 iyun 2016, 17:25
“So'g'diyona” – “Buxoro” (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar yarim himoyachisi Jamoliddin Ubaydullaev o'z fikrlarini bildirdi.
“O'yin aynan men kutgandek juda murosasiz kechdi. O'tgan yili oliy ligada qolish uchun bahsda jizzaxliklar o'z uylarida mag'lubiyatga uchrashgandi. Bugun o'sha o'yin alamini olishga harakat qilishdi. Lekin baribir biz uchrashuvda ustunlik qildik, faqat gol ura olmadi xolos. Ushbu durangdan so'ng sovrinli o'rinlar uchun imkoniyatimiz pasaydimi? Yo'q. Hali barchasi oldinda”, - deydi Ubaydullaev.

“Buxoro” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia