

"Barsa" La Ligada "Real Madrid"ni 8 ochkoga ortda qoldirib, yetakchilik qilmoqda, bundan tashqari Xavi qo'l ostida jamoa Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritib ulgurdi.
"Barselona"ning ishlari joyida. Men klasikoni tomosha qildim – ular shunchaki ajoyib futbol namoyish qilishdi. Ammo, ha, qo'l ostingdagi jamoaga 10-12 nafar yangi futbolchi sotib olinsa, barchasi osonlashadi. Barchasi jamoa sifatiga bog'liq – mening davrimda tarkib biroz boshqacharoq edi", - dedi Kuman "Andy van der Meijde" "YouTube" kanaliga intervyuda.
Ronald Kuman 2020 yil avgustidan 2021 yil oktyabrigacha "Barselona"ni boshqargan. Mutaxassis qo'l ostida "ko'k-anorranglilar" birorta sovrin yuta olmadi. Keyin esa Kumanning o'rniga Xavi taklif etildi.



