Jaloliddin Masharipov qachon qaytadi? "Istiqlol" shifokori bu savolga javob berdi

Omonjon To`xtamirzayev
11 fev 2025, 13:33
Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasi va Eronning "Istiqlol" klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov jarohat olgandi.

"Istiqlol" klubi futbolchisi Jaloliddin Masharipov "Shams Azar Qazvin"ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan va bir necha haftaga safdan chiqqandi. 

Klub shifokori hamyurtimizning holati haqidagi savolga quyidagicha javob berdi. Bu haqida AZIYA-SPORT telegram kanali xabar bermoqda. 

"Jaloliddinning tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda. Afsuski, Elit OCHL doirasida "Al Rayyan"ga qarshi bahsda u jamoaga yordam bera olmaydi. Futbolchi to'liq tiklanib, yaxshi sport formasiga kirib olishi uchun taxminan uch hafta kerak bo'ladi", - dedi "Istiqlol" klubi shifokori.

Eslatib o'tamiz, JCH saralashi doirasidagi O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi bahsi 20 mart sanasiga belgilangan.


Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi asosiy hujumchisi bir oyga safdan chiqdi


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia