Jaloliddin Masharipov: "Nasib qilsa, ertaga uch ochkoni qo'lga kiritamiz"

Tolibjon Qosimov
10 okt 2016, 18:58
O'zbekiston milliy terma jamoasi ertangi o'yin oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazdi.

Terma jamoaning "Bunyodkor" stadionidagi rasmiy mashg'ulotidan keyin Jaloliddin Masharipov o'yin oldi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Xitoyga qarshi o'yinga tayyorgarlik yaxshi bo'ldi. Ertangi o'yinda qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz.

Eronga qarshi o'yindagi mag'lubiyat albatta ta’sir qildi. Lekin, yigitlarning barchasi professional. Nasib qilsa, g'alaba qozonib uch ochkoni qo'lga kiritamiz", - deydi Jaloliddin Masharipov.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia