

Uchrashuvdan so'ng “Paxtakor”ga g'alaba keltirgan futbolchi Jaloliddin Masharipov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Lokomotiv”ga qarshi juda ham qiyin bahs bo'ldi. Bu safar biz g'alaba qozondik. Raqib darvozasini ikki marta ishg'ol qilganimizdan so'ng himoyaviy o'yin ko'rsatishga qaror qildik. Keyingi uchrashuvgacha orada biroz tanaffus bo'ladi. Navbatdagi turda safarda “Neftchi”ga qarshi maydonga tushamiz. Ushbu bahsga ham jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz”, - deydi Masharipov.
Jahongir Sotvoldiev



