

Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko mundialga birinchi bo'lib keladigan terma jamoani ma'lum qildi: "Rossiyaga birinchi bo'lib Eron tashrif buyuradi. Ular 5 iyun kuni Moskvada bo'lishadi".
Eron terma jamoasi "Lokomotiv" Moskva mashg'ulot o'tkazadigan shahar chetidagi Bakovkada shug'ullanadi. Ma'lumot uchun, jahon chempionati o'yinlari Rossiyaning 11 shahrida bo'lib o'tadi: Moskva, Sankt Peterburg, Sochi, Qozon, Saransk, Kaliningrad, Volgograd, Rostov, Nijniy Novgorod, Ekaterinburg va Samara.



