Italiyaga uchishi kerak bo'lgan Kavani nega MYU qaydnomasidan chiqarildi?

Eldor Akmurzayev
17 mar 2021, 21:30
Yevropa Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan “Milan” – MYU o'rtasidagi javob o'yini 19 martga o'tar kechasi soat 01:00 da start oladi.

Mazkur bahs uchun e'lon qilingan 21 kishilik qaydnomadan hujumchi Edinson Kavani ham joy olgandi. Biroq, u Italiya uchmaydigan bo'ldi va ro'yxatdan chiqarildi.

“Donni van de Bek, Pol Pogba va David De Xea qaytganidan xursandmiz. Ular muhim futbolchilar.

Afsuski, Kavani bugungi mashg'ulotlarda yaxshi ishlay olmadi, u biz bilan uchishga tayyor emasligini his qildi.

Erik Bayini tekshiruvdan o'tmoqda. U o'ynashga tayyorligini aytishi mumkin edi, ammo bugun u mashg'ulot o'tkazmadi”, deydi Ole-Gunnar Sulsher.

Yevropa Ligasi. MYU “Milan”ga qarshi bahs uchun futbolchilar qaydnomasini e'lon qildi 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: manutd.com