Italiya Kubogi. "Yuventus" ortiqcha qiyinchiliksiz yarim finalga chiqdi

Mirjalol Normatov
28 yanv 2021, 02:42
Italiya Kubogining chorak finalida "Yuventus" o'z maydonida SPALni osonlikcha mag'lub etdi.

Turin klubining final oldidagi raqibi "Inter" bo'ladi. Milanliklarga qarshi o'yinlar 3 va 10 fevral kunlari o'tkaziladi.

Yuventus – SPAL 4:0

"Alyanc Stedium"

Gollar: 1:0 – 16, penalti Morata, 2:0 – 33 Frabotta, 3:0 – 78 Kulusevski, 4:0 - 90+3 Keza. 

Yuventus – Buffon, Frabotta (Aleks Sandro, 67), de Ligt, Demiral (Da Graka, 83), Dregushin, Kulusevski, Rabo, Bernardeski (Di Pardo, 46), Remzi, Fadjoli, Morata (Keza, 67).

SPAL – Berisha, Dikmann, Okoli, Vikari (Tomovich, 46), Sernikola, Espozito (Valoti, 66), Missiroli, Raneri (Sala, 46), Flokkari (Moro, 66), Brinola, Sek.

Ogohlantirish: Sernikola (50), Valoti (80), Keza (81).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia