Italiya chempionati. “Roma” deyarli butun bahsni 10 kishi bo'lib o'tkazgan raqibini taslim etdi

2 dek 2017, 01:11
Italiya A seriyasining 15-turida “Roma” o'z maydonida “SPAL” jamoasini mag'lub etdi.

Uchrashuvning 9-daqiqasidayoq mehmonlar bir kishi kam bo'lib qolishdi – Felipe maydondan chetlatildi. 19-daqiqada Edin Jeko hisobni ochgan bo'lsa, 32-daqiqada Kevin Strotman oradagi farqni oshirdi. 53-daqiqada Lorenco Pellegrini uchinchi golni kiritdi. Mehmonlar Federiko Vivianining golidan keyin yirik mag'lubiyatdan qutulib qolishdi -3:1.

Italiya A seriyasi, 15-tur.

Roma – SPAL 3:1

Gollar:1:0 – 19 Djeko, 2:0 – 32 Strotman, 3:0 – 53 Pellegrini, 3:1 – 55 Viviani.

Roma – Alisson, Jezus, Manolas, Kolarov (Emerson, 75), Florenci, Strotman, Gonalon (Jerson, 61), Under (Shik, 64), Pellegrini, El-Shaaravi, Djeko.

SPAL –  Gomis, Vikari, Felipe, Mattello, Kremonezi, Grassi (Skyavon, 70), Ladzari, Ricco, Viviani, Bonaccoli (Mora, 20), Paloski.

OgohlantirishGonalon (22), Grassi (65).

ChetlatishFelipe (9).

O'xshash yangiliklar


Manba: chammpionat.asia