Italiya chempionati. Genuya derbisida “Sampdoriya” g'olib chiqdi

5 noya 2017, 02:57
Italiya chempionatining 12-turida “Sampdoriya” “Jenoa” ustidan g'alabaga erishdi

Birinchi bo'lim o'rtalarida Gaston Ramires “Sampdoriya”ni hisoda oldinga olib chiqqqan bo'lsa, bo'lim so'nggi da Fabio Kvalyarella g'alabani mustahkamladi.

Mazkur g'alabadan keyin “Sampdoriya”ning ochkolari soni 23 taga etdi va ular turnir jadvalining 6-pog'onasida borishmoqda. “Jenoa” esa atigi olti ochko bilan jadvalning so'nggi pog'onalaridan birini band etgan.

Italiya chempionati.

12- tur

Bolonya – Krotone 2:3 (2:1, 0:2)

Gollar:1:0 – 38 Verdi, 1:1 – 42 Budimir, 2:1 – 45 Verdi, 2:2 – 68, penalti Trotta, 2:3 – 70 Budimir.

Bolonya – Anjelo, Kraft, Gonsales, Xelander, Masina (Falletti, 79), Donsa (Destro, 73), Krisetig, Poli, Verdi, Palasio, Di Franchesko (Kreychi, 46).

Krotone –  Kordac, Sampirizi, Simich, Chekkerini, Pavlovich, Nalini, Barberis, Mandragora, Stoyan (Roden, 61), Trotta (Isko, 83), Budimir (Simi, 90).

Ogohlantirish:Sampirizi (43), Budimir (48), Simich (58), Kraft (67), Gonsales (84).


Jenoa – Sampdoriya 0:2 (0:1, 0:1)

Gollar:0:1 – 24 Ramires, 0:2 – 84 Kualyarella.

Jenoa – Perin, Rossettini, Zukanovich, Rozi (Lazovich, 53; Pellegri, 86), Icco, Velozu, Laksalt, Taarabt, Rigoni (Pandev, 67), Omeonga, Lapadula.

Sampdoriya –Viviano, Silvestre, Strinich, Bereshinski, Ferrari, Prat (Alvares, 77), Torreyra, Ramires (Barreto, 60), Linetti, Sapata (Kaprari, 87), Kualyarella.

Ogohlantirish:Bereshinski (23), Lapadula (27), Ferrari (44), Velozu (58), Rossettini (69), Taarabt (80).


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia