Italiya chempionati. “Atalanta” o'z maydonida yirik g'alabaga erishdi

25 okt 2017, 23:45
Italiya chempionatining 10-turida “Atalanta” o'z uyida “Verona”ni yirik hisobda engdi.

Bergamodagi “Atleti Adzurri” stadionida kechgan bahsda mezbonlar safida Remo Froyler, Yosep Ilichich va Yasmin Kurtich o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'yishdi.

Ushbu g'alabadan keyin “Atalanta” 15 ochko bilan A seriya turnir jadvalining 7-pog'onasiga ko'tarildi. “Verona” esa 6 ochko bilan 17-pog'onada bormoqda.

Italiya -  A seriya. 10- tur

Atalanta – Verona 3:0

Gollar: 1:0 – Froyler – 50, 2:0 – Ilichich – 59, 3:0 – Kurtich – 75


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia