"Istiqlol" murabbiyi OCHL guruh bosqichi haqida fikr bildirdi

Оқил Абдубарноев
17 yanv 2022, 20:52
"Istiqlol" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko Osiyo Chempionlar ligasi-2022 guruh bosqichiga qura tashlash natijalari haqida fikr bildirdi.

"Bizning guruh murakkab, unda o'tish o'yinlari yo'q. Guruh bosqichida bizga raqib bo'ladigan jamoalarning nomi ham uraning saviyasidan dalolat beradi. "Al Hilol" o'tgan mavsumda Chempionlar ligasi g'olibi bo'lgan. Xullas, o'zaro qiziq qarama-qarshiliklar guvohi bo'lamiz. Qolgan jamoalar ham juda kuchli va malakali", - dedi Levchenko.

Eslatib o'tamiz, "Istiqlol" "A" guruhida "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Ar Rayan" (Qatar), "Sharja" (BAA) - "Al Zavra" (Iroq) g'olibiga qarshi to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Истиқлол" ФК матбуот хизмати