Ispaniya - Italiya. O'zaro o'yinlarda ustunlik qaysi terma tomonida?

Mirjalol Normatov
6 okt 2021, 23:34
Bir necha daqiqalardan keyin Italiya hamda Ispaniya termalari Millatlar ligasining finaliga chiqish uchun bahs olib boradi.

Xo'sh, ushbu termalarning o'zaro o'yinlarida ustunlik qaysi jamoa tomonida?

Umumiy hisobda ushbu termalar o'zaro 38 o'yinda ishtirok etgan bo'lib, ikkala terma 11tadan g'alabaga erishgan. Qolgan 16tasida esa durang qayd etilgan.

Italiyaliklar 44 marta gol urgan bo'lsa, ispanlarning gollari soni 41taga teng.

Ushbu termalarning so'nggi o'zaro o'yinida italyanlar penaltilar seriyasida ustun kelgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia