Ispaniya futboli 185 ming kishini ish bilan taminlab, g'aznaga 4,1 mlrd. evro soliq to'lamoqda

Aslanov Jasurbek
1 mar 2019, 16:26
PricewaterhouseCoopers kompaniyasi Ispaniya professional futboli mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy sohasida qanday rolni o'ynashi borasida hisobot tayyorladi.

Tadiqoqtlarga ko'ra, 2016/17 mavsumdan boshlab futbol mamlakatga 185 ming ish joyi bermoqda. Bu Ispaniyada mehnat qilayotgan aholining 0,98%.

4,1 mlrd. evro soliq to'langan, mablag' aylanmasi esa 15,96 mlrd. evroni tashkil qildi.

Hisobotda ish joylari avvalgi tadqiqotdagidan (2012/13 mavsumda o'tkazilgan) 28%ga o'sgani ko'rsatilgan, soliq to'lovlari esa 41%ga ortdi.

6,6 mln. kishi Ispaniyada pullik kanallarni tomosha qiladi. Ushbu kishilarning 58% futbolni tomosha qiladi.

So'rovnomada 800dan ortiq kishi ishtirok etdi. Ularning 79% futbol jamiyatga ijobiy ta’sir qiladi deb hisoblaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: PricewaterhouseCoopers