Ispan soliq idorasining navbatdagi nishoni - Neymar

Mirjalol Normatov
14 iyul 2019, 18:47
Ispaniya soliq idorasi PSJ hujumchisi Neymardan pul talab qilmoqda.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi g'aznaga 35 million to'lab qo'ymasa, u sudga tortiladi.

Bu holat esa uning "Barselona"ga qaytishiga to'sqinlik qilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Neymar "Barselona"dan PSJga 222 million evro evaziga transfer qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo