

"O'yin kutilganidek qiyin o'tdi. Goldan so'ng tashabbusni raqibga berib qo'yib, katta xato qildik deb o'ylayman. Bahs yakunida konsentratsiyani yo'qotdik va gol o'tkazib yubordik.
"Lokomotiv" birinchi bo'limda yomon o'ynagani yo'q. Ikkinchi taymda esa o'z o'yinimizni namoyish eta olmadik. Bundan tashqari, raqib ham o'z o'yinini kuchaytira oldi.
Guruhdan chiqish imkoniyatlarimiz bor. Maqsadimizga erishish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz", - deydi himoyachi.



