Mazkur yig'in davomida tarkibda bir qator yangi o'yinchilar sinovdan o'tkazildi. Yig'inning so'nggi kunlarida tarkibda yana ikkita futbolchi paydo bo'ldi. Mashg'ulotlarda darvozabon Eldor Isaboev va yarim himoyachi Sergey Rekun ishtirok etishdi. “Neftchi”ning sobiq posboni sanalgan Isaboev bungacha “Lokomotiv” safida shug'ullanib jamoa bilan shartnoma ham imzolab bo'lgandi. Ammo “Loko”dagi o'zgarishlar natijasida Isaboev jamoadan kyetishga qaror qildi. “Paxtakor”ga tegishli bo'lgan Sergey Rekunni jamoa bu yil ham ijiraga berishni lozim topmoqda. Yodingizda o'lsa, Rekun o'tgan yili ijara asosida “Guliston”da to'p surgandi.
Bu futbolchilar bugun “Neftchi” o'rinbosarlariga qarshi kechgan nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi. Lekin ular o'zlarini ko'rsata oldi deyish qiyin. Shu bois Isaboev va Rekunning taqdiri hali noma'lum. Eslatib o'tamiz, “Andijon” jamoasining Toshkentdagi uchinchi yig'ini 24 fevral kuni boshlanadi.