Inzagi: "Yuventus" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, hamma yana "Lacio" haqida gapira boshladi"

Aslanov Jasurbek
20 avg 2017, 18:44
"Lacio" bosh murabbiyi Simone Inzagi "Yuventus"ga qarshi Italiya Superkubogi uchun bahsda o'z jamoasining g'alabasini (3:2) haqli deb aytdi.

"Italiya Superkubogidagi g'alabadan so'ng hamma yana "Lacio" haqida gapira boshladi. Jamoamdan ko'nglim to'q. "Lacio" 10-o'rindan yaxshirog'iga munosib.

"Yuventus" ustidan qozonilgan g'alaba tarixiy va haqli edi. Hech kim bizga ishonmagandi, ammo men aksincha. Bu g'alaba butun jamoaniki bo'ldi, biz Yevropaning eng kuchli klublaridan birini taslim etdik" - deydi Inzagi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia