Inzagi "Lacio"dan ketgani rasman e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
27 may 2021, 23:42
Bu haqda Rim klubi matbuot xizmati xabar qildi.

Simone tez orada "Inter" safiga borib qo'shilishi kutilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, "Lacio" joriy mavsum Italiya chempionatida 68 ochko to'plab, 6-o'rinni egalladi. 

Shuningdek, yaqin orada Pirlo "Yuventus"dan ketishi, o'rniga esa Allegri kelishi mumkin. 

Bundan tashqari, "Napoli" o'ziga murabbiy qidirmoqda, asosiy nomzod – Spaletti.

Demak, Italiyadagi voqealarni diqqat bilan kuzatib boramiz.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sslazio.it