"Inter" va "Yuventus" Feliks uchun o'z uyinchilarini taklif qilishga tayyor

Alisher
14 dek 2020, 14:50
"Atletiko" forvardi Joau Feliks "Inter" va "Yuventus" klublari qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Italiyaliklar futbolchi uchun ularda pul bo'lmasligini tushunishadi, shu sabab ular almashinuv bo'yicha o'z o'yinchilarini taklif qilishga tayyorlar.

"Inter" Feliksga almashuv doirasida Lautaro Martinesni Madridga yuborishlari mumkin, "Yuventus" esa Paulo Dibalani.

Ammo, "Atletiko" yetakchi o'yinchilaridan birini qo'yib yuborishi qiyin masala. Klub uni o'tgan yozda 126 million evro evaziga xarid qilgan edi va u joriy mavsumdan ajoyib o'yin namoyish etmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato