“Inter” va “Milan” Longstaff uchun kurashadi

Shon faoliyatini A Ceriyada davom ettirishi mumkin.

“Nyukasl” yarim himoyachisi Shon Longstaffning xizmatlariga “Inter” hamda “Milan” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Avvalroq 22 yoshli futbolchiga asosiy davogar sifatida “Manchester Yunayted” qayd etilgandi.

Shon joriy mavsum APLning 20 ta o'yinida maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: Newcastle Chronicle