"Inter" Rojdestvoga qadar Brozovich bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Alisher
25 noya 2021, 11:47
"Inter" rahbariyati shartnomani uzaytirish bo'yicha yarim himoyachi Marselo Brozovich bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

"Neradzurrilar" masalani Rojdestvoga qadar yopishga umid qilishmoqda.

"Brozovichning yangi shartnomaga imzo chekishi borasida optimistik kayfiyatdaman", - deydi "Inter" bosh direktori Juzeppe Marotta.

Marselo "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. 29 yoshli futbolchi joriy mavsum 18ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sempreinter.com