"Inter" prezidenti Chan Milanga keldi. U qishki transferlarni rejalashtirishga yordam beradi

Alisher
9 yanv 2022, 15:07
"Inter" prezidenti Stiven Chan Milanda.

30 yoshli menejer jamoa bilan uchrashdi, so'ngra murabbiy Simone Inzagi va klub rahbariyatidan Beppe Marotta, Stefano Antonelli va Pero Auzilio bilan nonushta qildi.

Chan 12 yanvarda bo'lib o'tadigan "Inter" va "Yuventus" o'rtasidagi Italiya Superkubogi doirasidagi o'yinga tashrif buyuradi.

Qayd etish kerakki, u shuningdek qishki transferlarni nazorat qilish va rejalashtirishga yordam beradi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia