"Inter" Paulo Dibalaga 2026 yilga qadar shartnoma taklif qilishga tayyor

Alisher
28 apr 2022, 12:47
"Inter" "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibalaga 4 yillik shartnoma taklif qildi.

Milanliklar 28 yoshli futbolchi bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma va yiliga 6 million evro maosh bilan shartnoma imzolamoqchi tayyor.

"Inter"da aynan shuncha mablag' Lautaro Martines va Marcelo Brozovich oladi.

Eslatib o'tamiz, Dibala shu yozda erkin agentga aylanadi. Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TuttoJuve