"Inter" MYU futbolchisi bilan muzokaralarni boshladi

Mirjalol Normatov
4 iyul 2018, 21:12
"Inter"dagilar "Manchester Yunayted" himoyachisi Matteo Darmian bilan muzokaralarni boshladi.

Italiyalik jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, "neradzurri"lar rahbariyati 28 yoshli italiyalikning agenti bilan bog'lanishgan. "Inter" futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Biroq MYUdagilar uni butunlay sotib yubormoqchi.

Darmian o'tgan mavsumda MYU tarkibida APLning 8 uchrashuvida qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/GianlucaDiMarzio