Matteo Darmian: "Yurakdan o'ynashimiz, qurbonliklardan qo'rqmasligimiz kerak"

Omonjon To`xtamirzayev
10 iyun 2023, 14:13
Matteo Darmian Chemponlar Ligasi finali oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Barchamiz shu ergacha yetib kelganimizdan xursandmiz va Chempionlar Ligasi finalida o'ynashimizdan g'ururlanamiz. Bu har birimiz uchun o'zgacha o'yin bo'ladi. Biz yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va maksimum imkoniyatlarimizni ko'rsatishga urinamiz.

Bizni og'ir bahs kutib turibdi. "Manchester Siti" va futbolchilarining darajasi qanchalik yuqoriligini yaxshi bilamiz. Biz e'tiborni yo'qotmasdan, hammasiga tayyor turishimiz zarur.

Men "Siti"ni yaxshi bilaman, "Manchester Yunayted" safida harakat qilganimda ularga qarshi o'yinlar o'tkazganmiz. Biz ideal o'yin o'tkazishimiz zarur. Yurakdan o'ynashimiz, qurbonliklardan qo'rqmasligimiz kerak.

Biz ham jismonan, ham ruhan yaxshi holatdamiz va buni maydonda ko'rsatishimiz zarur. Biz ularning kuchli tomonlarini bilamiz. O'yinning turli pallalarida, maydonning turli nuqtalarida to'g'ri qarorlar qabul qilish talab etiladi", – dedi "Inter" himoyachisi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia