"Inter Mayami" Messini sotib olishiga ishonchi komil. Leo MLS tarixidagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylandi

Оқил Абдубарноев
28 noya 2022, 00:26
Lionel Messi faoliyatini AQSHda davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, 35 yoshli argentinalik futbolchi Mayamining "Inter" klubiga o'tishga yaqin turibdi. MLS klubi Qatardagi jahon chempionatidan so'ng Messi bilan shartnoma imzolashiga ishonch bildirmoqda.

Shuningdek, klub Messi bilan sherik bo'la oladigan futbolchilar bilan tarkibni kuchaytirmoqchi. Nomzodlar orasida Leoning "Barsa"dagi sobiq jamoadoshlari Sesk Fabregas va Luis Suares ham bor.

Messi MLS tarixidagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylanishi kutilmoqda. Eslatib o'tamiz, Devid Bekxem Mayami klubining egalaridan biri hisoblanadi. Takidlanishicha, uning ta’siri kelishuvda muhim rol o'ynaydi.

Shuni ham takidlash joizki, Messiga "Inter"ning joylashuvi qulay, chunki uning Mayamida shaxsiy qarorgohi bor va hujumchi tatillarni tez-tez shu yerda o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Times