"Inter" Lukaku transferini amalga oshira olmasa, boshqa hujumchiga ko'z tikadi

Mirjalol Normatov
25 iyun 2023, 17:12
Muzokaralardagi muammolar sababli Romelu Lukaku "Inter"ning to'laqonli a'zosiga aylana olmasligi mumkin.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "Chelsi" Lukakuning to'laqonli ketishiga rozi bo'lmoqda. O'z navbatida belgiyalik ham "Inter"da o'ynashni istayapti. Unga Saudiya Arabistoni tomonlardan takliflar bo'lgan, ammo London klubiga uni yana bir bor ijaraga berish varianti yoqmayapti.

Agarda "Inter" ushbu hujumchining transferini amalga oshira olmasa, klub "Atletiko" forvardi Alvaro Morataning transferi ishlarini boshlab yuboradi.  Morataning "Atletiko" bilan shartnomasi 2024 yil yoziga qadar davom etadi. Uning transfer summasi 10 mln evro atrofida baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport