“Inter” Konte bilan shartnoma imzolaganini nima uchun e'lon qilmayotgani ma'lum bo'ldi

29 may 2019, 09:18
Konte Milan klubi bilan shartnoma imzolab bo'lgan.

“Inter” Luchano Spalettining akasi vafoti bilan amaldagi bosh murabbiy iste'fosi masalasini biroz kechiktirib turibdi. Shu boisdan ham “Inter” Antonio Konte bilan bitimni rasman e'lon qilganicha yo'q.

Ma'lum bo'lishicha, Konte klub bilan 3 yilga mo'ljallangan shartnoma tuzgan. U jamoaga 4 nafar yordamchisi bilan keladi. Uning maoshi esa 12 mln evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football24