“Inter” Joze Mourinyuni ortga qaytarishi mumkin

Nozimov Nig'monxo'ja
23 okt 2023, 08:52
Seriya A yetakchisi “Inter”da bosh murabbiy o'zgarishi mumkin.

Amaldagi murabbiy Simone Indzagi jamoadan ketishi mumkin. Milanliklar agar murabbiy ishdan kyetib qoladigan bo'lsa, uning o'rniga variantlarni ko'rib chiqishmoqda. “Inter” jamoaga Diego Simeone yoki Joze Mourinyu olib kelmoqchi.

Diego 2011 yildan beri “Atletiko M”da ishlab kelmoqda. U klubi bilan ikki marta Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan.

Joze Mourinyu esa milanliklar uchun begona emas. Portugaliyalik qo'l ostida “Inter” tarixidagi yagona treblni qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com