

A Seriya klubi ajoyib mavsumdan keyin Edin Jeko bilan yangi shartlar asosida bitim tuzish niyatida. 36 yoshli futbolchi o'tkazgan 29 ta o'yinida 14 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Shuningdek, ular jamoa himoya chizig'i vakili Stefan de Vrey bilan ham kelishuvga erishishni istaydi. Italiya klubi yanvar oyida Milan Shkrinyarning yozda PSJ bilan tekin transfer borasida kelishib olgani kabi vaziyat takrorlanmasligi uchun shunday ehtiyot chorasini ko'rib qo'ymoqchi.



