

Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi qanot himoyachisi Rami Bensebayni "neradzurri" a'zosiga aylanishi mumkin.

27 yoshli jazoirlik futbolchi ushbu mavsumda ajoyib formada bo'lib turibdi. U Bundesliganing 8 o'yinida 4 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
A Seriya klubi himoyachini erkin agent sifatida qo'shib olishga umid qilmoqda. U bilan Myonxengladbax jamoasi o'rtasidagi bitim shu yil yozida nihoyasiga etadi.
Rami Bensebayni himoya markazi va yarim himoyada harakatlana oladi. U 17 mln evrolik transfer bahosiga ega.



