

"Chelsi" Milan klubiga Onana uchun Kepa Arrisabalaga hamda bir qancha miqdorda pul taklif qilgan. Biroq "Inter" kamerunlik posbonini faqatgina to'liqligicha transfer summasi evazigagina sotib yubormoqchi. Klub Onanani 40 mln evroga baholagan.
Eslatib o'tamiz, Andre ushbu yozda erkin agent sifatida "Inter"ga o'tgandi. Bunga qadar uning xizmatlariga "Chelsi" tomonidan ancha vaqt davomida qiziqishlar bo'lgandi.



