"Inter" "Bryugge" forvardining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi

Narzulla Saydullayev
31 dek 2023
"Inter" "Bryugge" forvardi Tedjon Byukenenning transferi borasida kelishuvga erishdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, klublar o'rtasidagi muzokaralar yakunlanish bosqichida.

Bitimning keyingi hafta yopilishi kutilmoqda.

Tedjon joriy mavsum "Bryugge" tarkibida 15ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano