"Inter" Brozovichga yangi shartnoma taklif qildi

Alisher
17 fev 2022
Milanning "Inter" jamoasi yarim himoyachi Marselo Brozovichni saqlab qolishi mumkin.

"Neradzurrilar" rahbariyati xavbekka uzoq muddatli shartnoma bilan 7,5 mln evro miqdoridagi maosh bo'yicha taklif berishga qaror qildi.

Bitim 2026 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallanadi. Amaldagi bitim esa iyun so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Brozovich joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira