"Inter" bir yildan keyin erkin agent darvozabonni tarkibiga qo'shib oladi

Mirjalol Normatov
30 iyul 2023, 17:12
"Shaxtyor" posboni Anatoliy Trubin "Inter" posboniga aylanadi.

Bu haqida "La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, Italiya klubi hozircha Ukraina klubi bilan barchasini kelishib olgani yo'q. Biroq posbon kelasi yili erkin agent sifatida "Inter"ga o'tishga rozi bo'lgan.

"Inter" Trubin transferini 1 sentyabrga qadar hal qilish niyatida.

Ushbu mavsumda Trubin "Shaxtyor" tarkibida 38 o'yinda 40 gol o'tkazib yubordi, 14 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport