"Inter" asosiy o'yinchilaridan birini yo'qotdi

Alisher
20 yanv 2022, 12:57
"Inter" xavbeki Xoakin Korrea jarohat oldi.

27 yoshli argentinalik "Empoli"ga qarshi Italiya Kubogi doirasidagi bahsning 5-daqiqasidayoq almashtirildi. Uning o'rniga Aleksis Sanches o'yinga qo'shildi.

Jarohat tafsilotlari va o'yinchining tiklanish muddati noma'lumligicha qolmoqda.

Korrea joriy mavsum A Seriya doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia