"Inter" Arnautovich transferi borasida ish olib bormoqda

Omonjon To`xtamirzayev
14 avg 2023
"Inter" "Bolonya" hujumchisi Marko Arnautovichni o'z safiga qo'shib olish niyatida.

Manbaning xabariga ko'ra, hujumchi Marko Arnautovich mavsum oxirida "Bolonya"ni tark etish niyatida. 

Tomonlar barchani qanoatlantiruvchi variantga yaqin turibdi. Futbolchining o'zi ham milanliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib ulgurgan.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Arnautovich 20 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 1 ta assist qayd egan. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Sky Sports