"Inter" AQSH himoyachisi uchun 20 mln evro tayyorlamoqda

Sherzod Nurmatov
28 noya 2022, 12:57
Italiyaning "Inter" klubi Qo'shma Shtatlar termasi vakili Entoni Robinsonni tarkibiga qo'shib olmoqchi.

Italiya klubi himoya markazida raqobatni kuchaytirish va Federiko Dimarkoni poziciya uchun kurashishga undash uchun yanvar oyida transfer bozoriga kiradi. 

25 yoshli Robinson ikki yil avval "Fulxem"ga o'tishidan avval "Milan" futbolchisiga aylanishiga bir bahya qolgan edi.

Entoni Robinson Premer-liga vakili safida ushbu mavsumda jami 17 ta o'yinda ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun