"Inter" 38 yoshli darvozabon bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
26 iyun 2021
"Inter" o'z rasmiy saytida "Krotone" darvozaboni Aleks Kordacning transferini e'lon qildi.

Katta ehtimol bilan klub posbonni erkin agent sifatida tarkibiga qo'shib olgan. Tomonlarning kelishuvi 2022 yilga qadar davom etadi.

O'tgan mavsumda Kordac "Krotone" tarkibida 36 o'yinda qatnashib, 91 gol o'tkazib yubordi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/inter