Insayder: "Tripper “Nyukasl”ga o'tib bo'ldi"

Eldor Akmurzayev
5 yanv 2022, 08:50
“Atletiko” himoyachisi Kiran Tripper “Nyukasl” a'zosiga aylandi va tez orada transfer rasman e'lon qilinadi, deya xabar beradi jurnalist Fabricio Romano.

Manbaga ko'ra, “zag'izg'onlar” futbolchi uchun 15 mln evro (+bonuslar) to'laydi. 31 yoshli ingliz avvalroq APLda “Man Siti”, “Barnsli”, “Byornli” hamda “Tottenxem” kabi klublar sharafini himoya qilgan.

Tripper 2019 yil yozida “shporlar” safidan 22 mln evro evaziga “Atletiko”ga o'tgandi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil yozigacha mo'ljallangan.

Kiran joriy mavsum La Liga va YCHLda 17 o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano